Maxfiylik siyosati — EduKit Parent

Oxirgi yangilanish: 2026-06-02

1. Kirish

Ushbu maxfiylik siyosati EduKit Parent mobil ilovasi foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini qanday yig'ish, saqlash, ishlatish va himoya qilishimiz haqida ma'lumot beradi.

Ilovadan foydalanish orqali siz ushbu maxfiylik siyosati shartlariga rozilik bildirasiz. Ilovaga kirishingiz uchun o'quv markaz tomonidan akkaunt berilishi shart — foydalanuvchilar mustaqil ravishda ro'yxatdan o'tmaydi.

EduKit ekotizimining boshqa ilovalari uchun siyosatlar: edukit.uz/privacy-policy

2. Biz qanday ma'lumotlar yig'amiz

EduKit Parent

EduKit Parent ilovasi

  • Hisob ma'lumotlari — telefon raqam va parol (tashkilot tomonidan berilgan)
  • Farzand haqida ma'lumot — ism, guruh, davomat, baholar, uy vazifalari va imtihon natijalari, to'lov holati (tashkilot tomonidan kiritilgan)
  • Qurilma ma'lumotlari — qurilma turi, operatsion tizim versiyasi (texnik xatoliklarni aniqlash uchun)
  • Biometrik autentifikatsiya — barmoq izi yoki yuz tanish (faqat qurilmada saqlanadi, serverga yuborilmaydi)
  • Push-bildirishnoma tokeni — Firebase Cloud Messaging (FCM) orqali xabar yuborish uchun

3. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi

Yig'ilgan ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Farzandining o’quv jarayoni haqida ma’lumot berish
  • Davomat, baholar, uy vazifalari va imtihon natijalarini ko’rsatish
  • To'lov holati va qarz haqida xabar berish
  • Push-bildirishnomalar yuborish
  • Ilovaning barqaror ishlashini ta'minlash

Reklama va marketing maqsadlarida hech qachon ishlatilmaydi. Ma'lumotlar sotilmaydi yoki uchinchi tomon reklamachilariga berilmaydi.

4. Ma'lumotlarni uchinchi tomonlarga berish

Sizning ma'lumotlaringiz SOTILMAYDI. Quyidagi xizmat ko'rsatuvchilar bilan faqat ilova funksionalligini ta'minlash uchun almashish mavjud:

  • Tashkilot (markaz) — siz tahsil olayotgan o'quv markazi: o'quv jarayoni doirasida
  • Firebase (Google) — push-bildirishnoma yetkazish (token saqlanadi)
  • Eskiz.uz — SMS yuborish (faqat telefon raqam va matn)
  • S3 obyekt ombori — fayllar (rasm, hujjat) xavfsiz saqlash
  • Qonun talablariga muvofiq — O'zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan, vakolatli davlat organlarining rasmiy so'roviga javoban

Barcha integratsiyalar shifrlangan kanallar (HTTPS / TLS) orqali amalga oshiriladi.

5. Foydalanuvchi huquqlari

Siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • O'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ko'rish va yuklab olish
  • Ma'lumotlarni tuzatishni so'rash
  • Hisobni o'chirishni so'rash
  • Ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish
  • Biometrik autentifikatsiyani istalgan vaqtda o'chirib qo'yish
  • Push-bildirishnomalarni qurilma sozlamalaridan o'chirib qo'yish

Ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun tashkilot administratoriga yoki bizning aloqa kanallarimiz orqali murojaat qiling. So'rovga 30 kalendar kun ichida javob beriladi.

6. Ma'lumotlarni saqlash va himoya qilish

Sizning ma'lumotlaringiz xavfsiz saqlanadi:

  • HTTPS (SSL/TLS) orqali shifrlangan aloqa
  • JWT tokenlar orqali autentifikatsiya
  • Parollar bcrypt algoritmi bilan hash qilingan holda saqlanadi
  • Tokenlar qurilmaning xavfsiz xotirasida (Secure Storage / Keychain) saqlanadi
  • Rolga asoslangan kirish nazorati (RBAC)
  • Doimiy zaxira nusxa — kamida 90 kun saqlanadi

7. Bolalar maxfiyligi

Ushbu ilova o'quv jarayoni uchun mo'ljallangan va asosan o'quv markazlari va ularga tegishli o'quvchilar / ota-onalar tomonidan ishlatiladi.

  • 13 yoshdan kichik bolalarning ma'lumotlari faqat tashkilot tomonidan ota-ona roziligi asosida kiritiladi
  • Bolalar mustaqil ravishda ro'yxatdan o'tmaydi
  • Bolalar uchun marketing yoki reklama ko'rsatilmaydi
  • Ota-onalar farzandining ma'lumotlarini ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashga haqlidir

8. Saqlash muddati

  • Faol foydalanish — markaz foydalanayotgan muddatda saqlanadi
  • Hisob o'chirilganda — 30 kalendar kun ichida ma'lumotlar anonimlashtiriladi
  • Audit jurnali — 7 yil (xavfsizlik va huquqiy zarurat uchun)
  • Zaxira nusxa — 90 kun

9. O'zgartirishlar haqida xabar berish

Ushbu maxfiylik siyosati vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida ilova ichidagi bildirishnoma yoki elektron pochta orqali xabar beramiz. Doimiy foydalanish — yangi shartlarga rozilik bildirishni anglatadi.

10. Bog'lanish

Maxfiylik siyosati yoki ma'lumotlaringiz bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning:

Manzil:Toshkent, O'zbekiston